ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

SUDDA IPOTEKA SHARTNOMASIGA OID HUQUQIY MUNOSABATLARDAN KELIB CHIQADIGAN ISHLARNI KO‘RISH BORASIDAGI QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Journal: Oriental Reniassance: Innovative, educational, natural and social sciences (Vol.5, No. 5)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 596-603

Keywords : ipoteka shartnomasi nizolari; nizolarni ko‘rib chiqish; mediatsiya; sun’iy intellekt; garov huquqi.;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ipoteka shartnomasiga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni sudda ko‘rishni huquqiy jihatdan takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, ushbu turdagi ishlarni sudda ko‘rish masalasi va boshqa ish ko‘rish turlaridan farqli hamda o‘ziga xos jihatlari batafsil yoritilgan. Maqolada ipoteka shartnomasi bilan bog‘liq nizolarning murakkabligi, ushbu nizolar sonining o‘sishi tendensiyasi kuzatilayotganligi, ipoteka shartnomasi nizolarining ko‘p hollarda kreditorning shartnoma bo‘yicha adolat tamoyillariga rioya qilmasligi bilan bog‘liqligi sababli ushbu nizolarni ko‘rib chiqishda xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganishni taqozo etishi tahlil qilindi. Rivojlangan mamlakatlarda ipoteka shartnomasiga oid huquqiy munosabatlarni tartibga solishda aksariyat hollarda sudgacha bo‘lgan holatda nizolarni hal qilishning muqobil usullaridan foydalanish samarali yo‘lga qo‘yilgan. Shu sababli maqolada sudgacha bo‘lgan holatda ipoteka shartnomasi bilan bog‘liq nizolarni hal qilishning muqobil usullaridan foydalanishning ijobiy va salbiy taraflari haqida bahs yuritiladi.

Last modified: 2025-06-28 12:47:12