ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

Gematologik bemorlarda splenektomiya keyin rivojlangan nozokomial pnevmoniyalar

Journal: Science and Education (Vol.6, No. 10)

Publication Date:

Authors : ; ; ;

Page : 12-17

Keywords : gematologik bemorlar; splenektomiya; operatsiyadan keyingi infeksiyalar; nozokomial pnevmoniya; operatsiyadan oldingi tayyorgarlik;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Splenektomiya gematologiya klinikalarida eng ko‘p bajariladigan Annotatsiya:jarrohlik aralashuvdir. Operatsiyadan keyingi infeksiyalar nozokomial pnevmoniya infeksion kasalliklar tarkibida yetakchi o‘rinni egallaydi. To‘g‘ri tanlangan yondashuv va splenektomiyaning barcha bosqichlarini sinchkovlik bilan bajarish qon kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda asoratlar xavfini kamaytiradi. Splenektomiya nasliy gemolitik anemiya (NGA), autoimmun gemolitik anemiya (AIGA), gipoplastik anemiya (GA), qisman qizil qon hujayralari aplaziyasi (QQQA), surunkali miyeloproliferativ kasalliklar (SMK), surunkali limfoproliferativ kasalliklar (SLK), idiopatik trombotsitopenik purpura (ITP) va boshqalarni o‘z ichiga olgan qon kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning keng doirasi uchun asosiy davolash usuli hisoblanadi. Operatsiyadan oldingi tayyorgarlik alohida ahamiyatga ega bo‘lib, anemiyaning og‘irligini kamaytirish, gemolitik krizni boshqarish; yetarli kortikosteroid terapiyasi; gipokalemiyani tuzatish; yallig‘lanishli asoratlarni davolash gemorragik asoratlarni davolash va gipovolemiyani bartaraf etishga qaratilgan.

Last modified: 2025-10-26 00:52:02