ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

Musiqiy ta’lim yo‘nalishida taxsil olayotgan talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishga innovatsion yondashuv

Journal: Science and Education (Vol.6, No. 10)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 374-385

Keywords : mustaqil ta’lim; innovatsion yondashuv; musiqiy ta’lim; raqamli texnologiyalar; elektron ta’lim resurslari; onlayn platformalar; o‘z-o‘zini boshqarish; pedagogik innovatsiyalar; individual ta’lim; interaktiv metodlar; virtual o‘rganish; mobil ta’lim; kasb;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Ushbu maqolada musiqiy ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda innovatsion yondashuvlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va raqamli vositalarning qo‘llanilishi masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda mustaqil ta’limning mohiyati, ahamiyati va uni samarali tashkil etishning ilmiy-nazariy asoslari ko‘rib chiqilgan. Maqolada an’anaviy mustaqil ta’lim shakllarini zamonaviy innovatsion metodlar - elektron ta’lim platformalari, mobil ilovalar, virtual masterklasslar, onlayn resurslar va interaktiv texnologiyalar bilan boyitish yo‘llari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, innovatsion yondashuvlar talabalarning mustaqil ishlash samaradorligini oshiradi, vaqt va resurslarni tejaydi, individual o‘rganish imkoniyatini kengaytiradi va kasbiy kompetensiyalarni shakllantiradi. Maqolada talabalarning o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatini rivojlantirish, motivatsiyani oshirish, mustaqil ijodiy faoliyatni stimullashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, o‘qituvchilarning yangi rolini aniqlash, mustaqil ta’limni monitoring qilish va baholash mezonlari, pedagogik sharoitlar hamda amaliy tavsiyalar berilgan. Innovatsion yondashuv musiqiy ta’lim sifatini oshirish va zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlashning muhim omili ekanligi asoslab berilgan.

Last modified: 2025-10-26 00:52:02