O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari va undagi mavjud moliyaviy risklar
Journal: Science and Education (Vol.6, No. 10)Publication Date: 2025-10-25
Authors : Sevinch Shavqiddinova;
Page : 661-665
Keywords : davlat xaridlari; moliyaviy risklar; shaffoflik; korrupsiya; byudjet mablag‘lari; elektron tender; nazorat mexanizmlari; iqtisodiy samaradorlik; risklarni boshqarish; xalqaro tajriba;
Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridlari tizimining huquqiy va tashkiliy asoslari hamda unda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy risklar tahlil qilinadi. Davlat xaridlari mamlakat byudjeti mablag‘larini samarali boshqarish, resurslardan oqilona foydalanish va iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashning muhim vositasi hisoblanadi. Shu bilan birga, xarid jarayonida korrupsiya, shaffoflikning yetarli emasligi, narxlarning sun’iy oshirilishi, shartnomalarning bajarilmasligi kabi bir qator moliyaviy risklar mavjud. Tadqiqotda davlat xaridlarida uchraydigan asosiy risklar turlari tasniflanib, ularning iqtisodiy oqibatlari yoritilgan. Shuningdek, risklarni kamaytirish va samarali boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Maqola natijalari davlat xaridlarini yanada shaffof, samarali va adolatli amalga oshirishga qaratilgan nazariy hamda amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Other Latest Articles
- Moliyaviy hisob va soliq hisobi o‘rtasidagi farqlar va ularni uyg‘unlashtirish masalalari
- Banklarda korporativ boshqaruv modellari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari
- Data Privacy in the Digital Economy Agreement (DEA): Balancing Economic Growth with Individual Rights in Rwanda
- Paving the Path to Sustainability: Insights and Innovations in the Green Economy
- Педагогика гимнастики: как мотивировать юных спортсменов
Last modified: 2025-10-26 00:52:02
Share Your Research, Maximize Your Social Impacts


