Birlamchi oshqozon limfomasida klinikopatologik korrelyatsiya
Journal: Science and Education (Vol.7, No. 1)Publication Date: 2026-01-25
Authors : Feruza Xaydarovna Mamatkulova; Sabina Xamraeva; Lobar Narziqulova;
Page : 46-51
Keywords : birlamchi oshqozon limfomasi; klinikopatologik korrelyatsiya; diffuz katta B hujayrali limfoma; so‘ngli marginal zona limfomasi; helicobacter pylori; immunogistokimyoviy tahli;
Abstract
Birlamchi oshqozon limfomasi oshqozon shilliq qavatidan kelib chiqadigan va klinik ko‘rinishi xilma-xil bo‘lgan malign limfoproliferativ kasallikdir. Ushbu retrospektiv tadqiqotning maqsadi birlamchi oshqozon limfomasining asosiy gistologik turlari bilan ularning klinik xususiyatlari o‘rtasidagi korrelyatsiyani o‘rganishdan iborat. Bemorlarga endoskopik biopsiya, gistologik va immunogistokimyoviy tekshiruvlar, shuningdek Helicobacter pylori mavjudligi aniqlash va kasallik bosqichini baholash amalga oshirildi. Klinik belgilar, endoskopik manzara va laboratoriya natijalari ham har ikkala tur o‘rtasida sezilarli farqlarni namoyish etdi. Xulosa qilib aytganda, birlamchi oshqozon limfomasining gistologik turi va uning klinik ko‘rinishi o‘rtasida mustahkam bog‘liqlik mavjud. Ushbu klinikopatologik korrelyatsiyani tushunish kasallikning tashxisini, davolash strategiyasini shaxsiylashtirish va prognozni aniqroq bashorat qilish uchun zarurdir.
Other Latest Articles
- Гемофилия билан оғриган беморларда операция вақтида ўткир қон йўқотишнинг периферик эритрон боғланиши параметрларига таъсири
- Сурункали гастродуоденит билан оғриган болаларда функционал ҳолат кўрсаткичларига реабилитациянинг таъсири
- Пневмония ва анемик синдром билан беморларда эритропоэтин аҳамияти
- О суперпозиции одного линейного и одного квадратичного стохастического оператора типа вольтерра
- Dinamik tizimlar: tarixi va qo‘llanilishi
Last modified: 2026-01-25 12:21:45
Share Your Research, Maximize Your Social Impacts


