ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

Musiqa terapiyasida stressga qarshi motivatsion omillarni nazariy asoslarini ilmiy tahlil etish yo‘llari

Journal: Science and Education (Vol.7, No. 1)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 292-297

Keywords : musiqa terapiyasi; stress; motivatsiya; ichki motivatsiya; emotsional rag‘bat; emotsional regulyatsiya; psixologik barqarorlik; ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash; relaksatsiya; psixofiziologiya;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Mazkur ilmiy tadqiqot musiqa terapiyasida stressga qarshi motivatsion omillarning nazariy asoslarini kompleks ilmiy tahlil etishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda stress tushunchasi, uning psixologik va psixofiziologik mohiyati hamda musiqaning inson motivatsion sohasiga ta’siri nazariy jihatdan yoritiladi. Musiqa terapiyasida ichki va tashqi motivatsiya, emotsional rag‘bat, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, maqsadga yo‘naltirilganlik va o‘zini anglash omillarining stressni kamaytirishdagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqot metodologiyasida nazariy tahlil, eksperimental, psixodiagnostik, kuzatuv, taqqoslash va statistik metodlardan foydalanish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Olingan ilmiy xulosalar musiqa terapiyasini stressni boshqarish va emotsional barqarorlikni mustahkamlashda motivatsion resurslarga tayangan holda samarali tashkil etish imkoniyatlarini ochib beradi.

Last modified: 2026-01-25 12:21:45