ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

O‘SMIRLIK DAVRIDAGI PSIXOLOGIK QARASHLARNING SHAKLLANISHIDA GENDER TAMOYILLARINING MOHIYATI

Journal: Oriental Reniassance: Innovative, educational, natural and social sciences (Vol.6, No. 20)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 668-673

Keywords : o‘smirlik davri; gender qarashlar; gender identitet; gender xoslik; tengdoshlar ta’siri; ijtimoiy me’yorlar; gender stereotiplari; shaxsiy identitet; ta’limiy muhit.;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Ushbu maqolada o‘smirlik davrida gender qarashlarining shakllanishi, gender xoslik va tengdoshlarning o‘zaro ta'siri tahlil qilinadi. O‘smirlik (11-16 yosh) shaxsiyat rivojlanishining muhim bosqichi bo‘lib, bu davrda bolalar jismoniy, psixologik va ijtimoiy jihatdan o‘zgaradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, gender identitetning asosiy jihatlari – gender o‘zini ifodalash, genderga moslik, gender guruhidan qoniqish, gender me'yorlariga rioya qilish va genderlararo tarafkashlik – o‘smirlik davrida tengdoshlar, oila va jamiyat ta'siri ostida shakllanadi. Tengdoshlar bilan muloqot va ijtimoiy muhit gender normalarini qabul qilish va unga moslashishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, biologik, ijtimoiy va madaniy omillar gender qarashlarining rivojlanishiga kompleks ta'sir ko‘rsatadi. Maqola gender tengligi va stereotiplarni tushunish bo‘yicha ta'limiy muhitning ahamiyatini ham yoritadi, bu esa o‘smirlarning ijtimoiy va psixologik rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.

Last modified: 2026-03-07 07:26:51