ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

QORA METALLURGIYADA HOSIL BO’LGAN CHANGLARDAN RANGLI METALLARNI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYALARINI O’RGANISH VA TAHLIL QILISH

Journal: Oriental Reniassance: Innovative, educational, natural and social sciences (Vol.1, No. 4)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 1414-1427

Keywords : Ikkilamchi resurslar; texnogen chiqindilarni qayta ishlash; rux saqlagan changlar; qora metallurgiya chiqindilari; ferroqotishma; Fastmet; Fastmelt; Oxycup; Primus; PaulWurth; Contop; Elektr yoyli pech; C-briket.;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Hozirgi vaqtda qora metallurgiyada hosil bo'layotgan changlarning miqdori sezilarli darajada ko'payishi bilan bog'liq muammo mavjud. Har yili ushbu metallurgik korxonalarda tarkibidagi rux miqdori yuqori bo'lgan changlar chiqindixonaga chiqarib yuboriladi, ularning massasi ishlab chiqarilgan metall umumiy massasiga nisbatan 5 – 10 % ni tashkil qiladi. Dunyo bo'ylab tarkibida rux saqlagan changning yillik umumiy miqdori 10-15 million tonnani tashkil etadi. Bunday changlarda rux miqdori juda keng diapazonda o'zgarib turadi: 2 dan 20% gacha; Ruxdan tashqari, chang tarkibida temir oksidlari (30-60%) va jami 20% gacha qo'shimcha oksidlar (kremniy, kaltsiy va qo'rg'oshin) mavjud. Yuqorida keltirilgan tarkibli changni to'g'ridan-to'g'ri asosiy metallurgik ishlab chiqarishga qaytarish texnologik jarayonning buzilishiga olib kelishi mumkin. Hozirgi paytgacha kashf qilingan usullar bilan bunday changlarni qayta ishlash unchalik samara bermayapti shu sababli ko'pchilik metallurgik zavodlar bu turdagi changni shunchaki yig'ib qo'yishmoqda. Ushbu maqolada esa bu changni qayta ishlashning bir qancha zamonaviy usullari ko'rib chiqiladi.

Last modified: 2021-06-12 15:41:16