Postnatal ontogenezda va surunkali nur kasalligida buyrakning morfometrik tasnifi
Journal: Science and Education (Vol.2, No. 6)Publication Date: 2021-06-25
Authors : Jur'at Jo'raqulovich Baxronov;
Page : 193-202
Keywords : Kalamush; vivariy; surunkali nurlanish; intragastral; transplantatsiya; nefron; buyrak tanachalari; dinamika; buyrak so’rg’ichlari; buyrak chashkasiga; miya qavati; modellashtirish; gistologik;
Abstract
Tajriba vivariy sharoitida yangi tug'ilgan 125 ta oq erkak zotsiz kalamushlarda o'tkazildi. Unda 3, 6, 9, 12 oylik kalamushlar jalb qilindi. Eksperiment boshida barcha jinsiy etuk kalamushlar bir hafta davomida karantinda bo'ldi va somatik yoki yuqumli kasalliklarni hisobga olmagandan so'ng ular odatiy vivariy rejimiga o'tkazildi. Tajriba davomida meyoriy va tajriba guruxlaridagi hayvonlarning xatti-harakatlari va fiziologik holati nazorati qilib borildi. Kalamushlar 2 guruhga bo'lindi (n = 125): I guruh - nazoratdagi (n = 66); II - guruh - 2 oylikdan boshlab 20 kun davomida 0,2 Gr (umumiy dozasi 4,0 Gr) dozasida nurlanish olgan kalamushlar (n = 59). Surunkali nurlanish kasalligini modellashtirish va simulyatsiya qilish uchun kalamushlar 2 oylikdan boshlab 20 kun davomida 0,2 Gr (umumiy dozasi 4,0 Gr) dozasida, quvvati 25,006 Gr/min (Estoniya) bo'lgan DTGT "AGAT R1" apparati bilan nurlantirishi amalga oshirildi. Nazorat guruhining kalamushlariga intragastral ravishda 0,5 ml hajmdagi distillangan suv metal oshqazon zondi orqali 20 kun davomida kiritilib turildi. Jami bo'lib eksperimentlarda 125 ta kalamushdan foydalanilgan bo'lib, ulardan faqat 3 tasi tajribalar davomida nobut bo'ldi.
Other Latest Articles
- Изучения процесса роста развития вегетативных органов проростков оливы и исследование полученных оливковых масел
- Исследование адсорбционной емкости синтетического цеолита СаА по сорбатам парафиновых углеводородов
- Tanacetum Vulgare ўсимлиги таркибидаги микро ва макро элементларни фойиздаги миқдорини аниқлаш
- Исследование химического состава легкой фракции тяжелых нефтей с определением содержание метанола
- Помидор фитофторози
Last modified: 2021-07-01 19:57:47