Gaz dizelda ishlovchi dvigatellarini sovitish tizimi
Journal: Science and Education (Vol.2, No. 7)Publication Date: 2021-07-25
Authors : A.Abduraxmonov; D.Tursunov; G'.Jaloliddinov;
Page : 226-232
Keywords : gaz; dizel; dvigatel; ish takti; issiqlik;
Abstract
Ish yo'li taktida, to'g'ridan-to'g'ri yuqori haroratga ega gazlar ta'sirida bo'lgan detallar (silindrlar, silindrlar kallagi, porshenlar, klapanlar) haddan tashqari qiziydi. Yonilg'ining silindrda yonishidan ajralgan issiqlikning 20=25%i dvigatel detallarining qizishiga sarflanadi. Agarda detallardan issiqlik tashqi muhitga tarqatilmasa, ya'ni dvigatel sovitilmasa, unda harakatdagi detallarning ishqalanuvchi yuzalari orasidagi moy kuyib, ishqalanishni haddan tashqari orttirib yuboradi. Ayniqsa, aluminiyli qotishmadan ishlangan porshenning qizishi va kengayishi oqibatida, uning silindr ichida qadalib qolishi xavfi ham tug'iladi. Qiziganda, dvigatel to'la quvvat hosil qila olmaydi, yonilg'i sarfi ortadi, detallari esa yetarli darajada moylanmaganligi sababli tez yeyiladi. Shu sababli dvigatelning qizigan detallaridan issiqlikni uzluksiz ravishda tashqi muhitga tarqatib turish lozim. Lekin dvigatel haddan tashqari sovitib yuborilsa ham issiqlik energiyasi bekorga sarf bo'ladi, moy quyuqlashib, ishqalanishga sarflanadigan quvvat ortadi. Undan tashqari yonuvchi aralashma to‘liq bug'lanm aydi, qisman bug'langanlari esa silindrning sovuq devorlariga urilib, yonilg'i tomchisiga aylanadi va devordagi moyni yuvib tushirib, karterdagi moyni suyultiradi. Natijada silindr-porshen guruhiga kiruvchi detallarning yoyilishi ortadi.
Other Latest Articles
- Principles and criteria of museum and exhibition design
- Knowledge of Farmers Towards Improved Wheat Production Practices in Prayagraj District of Uttar Pradesh
- Ўзбекистон жанубининг иссиқ ва қуруқ иқлимига мослашган анорнинг маҳаллий навларини етиштириш
- Ҳиндистондаги ижтимоий-сиёсий вазиятнинг Осиё ҳудуди геосиёсий харитасининг шаклланишидаги роли
- Aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlash
Last modified: 2021-07-27 22:01:13