ATOYI SHE’RINING LUTFI…
Journal: Oriental Reniassance: Innovative, educational, natural and social sciences (Vol.1, No. 10)Publication Date: 2021-11-07
Authors : Tog'Ayeva Shaxnoza;
Page : 941-946
Keywords : orif; tasavvuf; N. Komilov; orifona g’azal; Atoyi; Navoiy; zohid; Yor; Horud; sarv.;
Abstract
O'zbek mumtoz she'riyatida orif, sohibi irfon kabi obrazlar borki, bu obrazlarni shoirlar ilohiy ishqini tasvirlashda foydalanishgan. Tasavvuf lug'atlarida, xususan “G'iyos ul-lug'ot”da “orif” – irfon sohibi, anglagan va tanigan degan ma'nolarda keladi. So`fiylarning nuqtai nazarida irfon Alloh tuhfasi bo`lgani uchun ilmdan ustun erur. Orif–Allohning shuhud, asmo va sifotlarini idrok etgan, mavhum borlig`idan kechib, Haq borlig`i ila bor bo`lgan kishidir. Orif – aslida ilohiy ilmlar sohibi demak dir. Ham diniy ham dunyoviy ilmlarning egasi bo'lgan orif Ollohni jamolini orzusida yashaydi, uni sifatlarini anglash, tanish bilan umr o'tkazadi. Haqqa yetishish ilmini o'rganib, bu ilmni boshqalarga ham ulashaolgan insondir. Mumtoz she'riyat shoirlari orifona g'azallar yozib, o'z oshiqliklarining kulliyotini tasvirlashga urunishgan, ilohiy dunyosini she'rlarida aks ettirishgan. Haqning sifatlaridan xabardor bo'lgan, uni yagona yor atab, vasliga yetishish uchun go'zal riyozotlar chekkan oshiq holini tasvirlashgan. Mumtoz she'riyatda go'zal g'azallar yaratolgan shoir Atoiy ham orifona g'azallari bilan o'z ijodini boyitgan. Uning ijodi o'rganilganda shoir she'rlarida Qur'on va hadislar mazmunini singdiradi. Muqaddas manbalardan iqtiboslar keltiradi. Tasavvufdagi may, qadah, mayxona, zulfu xol, qosh, ko'z, bel, zunnor, sanam kabi istilohlar vositasida murakkab ma'no-mazmunlarni ifodalaydi. Ushbu maqolamizda ham movlono Atoyining go'zal g'azallarining orifona g'oyalarini tadqiq qilamiz.
Other Latest Articles
- AMIR SAYYID OLIMXONNING ROSSIYAGA KIRITGAN KAPITALLARI
- ТЕОРЕТИКО-МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНО-КОММУНИКАТИВНЫХ УМЕНИЙ У СТУДЕНТОВ В УСЛОВИЯХ ОБУЧЕНИЯ РУССКОМУ ЯЗЫКУ
- ОВРЕМЕННЫЙ ВЗГЛЯД НА ПРОБЛЕМУ СЕПСИС – АССОЦИИРОВАННОГО ЭНЦЕФАЛОПАТИИ В УСЛОВИЯХ ОТДЕЛЕНИЯ РЕАНИМАЦИИ И ИНТЕНСИВНОЙ ТЕРАПИИ
- ОЦЕНКА КЛИНИЧЕСКОГО ТЕЧЕНИЯ ПРИ КОМПЛЕКСНОМ ЛЕЧЕНИИ ПЕРЕЛОМОВ НИЖНЕЙ ЧЕЛЮСТИ У БОЛЬНЫХ НА ФОНЕ ИММУНОКОРРЕКЦИИ (обзорная статья)
- СОВРЕМЕННЫЙ ВЗГЛЯД НА ПРОБЛЕМУ ПОСЛЕОПЕРАЦИОННОГО ДЕЛИРИЯ У ПАЦИЕНТОВ, ПЕРЕНЕСШИХ ЭКСТРЕННЫЕ ОПЕРАТИВНЫЕ ВМЕШАТЕЛЬСТВА (обзор)
Last modified: 2021-12-03 22:44:05