Siydik ajratish tizimi sili bilan kasallangan erkaklarning davolash samaradorligiga ruhiy holat yaxshilashning ta’siri
Journal: Science and Education (Vol.3, No. 11)Publication Date: 2022-11-25
Authors : Antonina Kim; Nargiza Mamatova; Abduvaliy Ashurov; Baxrombek Abduhakimov;
Page : 143-153
Keywords : davolash; bemor; tibbiyot xodimlari; ftiziatriya; ijtimoiy yordam;
Abstract
Hozirgi vaqtda sil kasalligi dunyodagi eng keng tarqalgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan kasalliklardan biri bo'lib, jiddiy somatik kasallik sifatida ma'lum ruhiy buzilishlar bilan kechadi. Ipoxondrik buzilishlar sil kasalligining psixologik sur'atida muhim o'rin tutadi. Begonalashish, alohidalanish xissi shaxslararo o'zaro munosabatlarning buzilishiga olib kelib, shizoid fikrlash va mulohaza yuritish bilan birga kechadi. Psixologik holatning buzilishlari ilk marta aniqlangan sil bilan kasallangan bemorlarga ham, uzoq vaqt davomida kasal bo'lgan erkaklarga ham, ayollarga ham xosdir. Olingan o'zaro bog'liqliklardan kelib chiqadiki, bemorning odatiy koping-strategiyalarini (uzoqlashish, qochish) moslashuvchan strategiyalar bilan almashtirish (ijtimoiy yordam izlash, mas'uliyatni o'z zimmasiga olish) bemorning kasallikka bo'lgan munosabatini ijobiy o'zgartirishi mumkin. Bu esa o'z navbatida uni davolash istiqbollari, sog'liqni tiklanishi uchun kurashda katta samaradorlikka erishishga olib keladi. Korreksiyalash va rivojlanish ishlarida qatnashgan deyarli barcha siydik ajratish tizimi sili bilan kasallangan bemorlar o'zlarining moslashuvchan qobiliyatlarini oshirdilar. Muhim natija shundaki, tibbiyot xodimlari siydik ajratish tizimi sili bilan og'rigan bemorlarning xatti-harakatlaridagi ijobiy o'zgarishlarni, ularning xayrixohlik ko'rsatishga tayyorligini va eng muhimi, kasallikka qarshi kurashda hamkorlik qilishga tayyorligini ko'rsatdi.
Other Latest Articles
- The main pathogenetic aspects of intoxication of the body
- Dori vositasiga shakl berish va dori vositadagi ta’sir etuvchi moddalarning ajralib chiqishi haqida tushuncha
- Применение фасоли (phascolus) в медицине
- Исследования свойств лекарственных растений содержащих алкалоид
- Таркибида эфир мойлари булган доривор усимликлар ва маҳсулотлар
Last modified: 2022-12-07 13:45:34