ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

Yakka tartibdagi tadbirkorlarda yollanib ishlaydigan xodimlar mehnatining o‘ziga xos jihatlari

Journal: Science and Education (Vol.5, No. 5)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 435-441

Keywords : yakka tartibdagi tadbirkor; yollanib ishlovchi xodim; YaTT; mehnat shartnomasi; mehnat ta’tili; ish vaqti; jismoniy shaxs; tadbirkorlik;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning negizi mehnat munosabatlarini demokratik, insonparvarlik va adolat tamoyillariga asoslangan holda, huquqiy tartibga solish hamda jamiyatimiz a’zolari uchun munosib turmush tarzini yaratishga qaratilgan. О‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi mehnat munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatdir. Xususan, bosh qomusimiz О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida keltirilganidek “har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda kо‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega” ekanligini yana bir bor tasdiqlovchi va mehnatga oid ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar о‘rnatilgan. Xususiy tadbirkorlik rivojlanib borishi bilan O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlarda yollanib ishlaydigan xodimlarning mehnatini tartibga solish alohida muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Negaki, so‘nggi yillarda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlik va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yangi miqyosdagi imkoniyatlar eshigi ochib berildi. Mehnat Kodeksining VI bo‘lim 2 bobi yakka tartibdagi tadbirkorlarda yollanib ishlovchi xodimlar mehnat faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishga bag‘ishlanadi. Mehnat Kodeksi va boshqa mehnatga oid normativ-huquqiy hujjatlar yakka tartibdagi tadbirkorlarda yollanib ishlovchi xodimlar mehnat faoliyati sohasini to‘liq ravishda qamrab olmagan bo‘lib, qonunchilikda ayrim izoh talab etadigan jihatlari ham mavjud.

Last modified: 2025-03-31 20:20:59