MILLIYATCHILIK NAZARIYALARI: GELLNER, HOBSBAWM VA SMITH QARASHLARINING QIYOSIY TAHLILI
Journal: Oriental Reniassance: Innovative, educational, natural and social sciences (Vol.5, No. 4)Publication Date: 2024-06-07
Authors : Azimov Habibulloxon Yakubovich; Sobirova Moxichexra Abduxalil Qizi;
Page : 577-582
Keywords : Milliyatchilik nazariyalari; modern sanoat jamiyati; tarixiy va madaniy identitet; ijtimoiy konstruksiya; milliy davlatchilik shakllanishi.;
Abstract
Mazkur maqola milliyatchilik nazariyalarini Gellner, Hobsbawm va Smithning fikrlari asosida qiyosiy tahlil qilishni maqsad qiladi. Ernest Gellner milliyatchilikni zamonaviy sanoat jamiyatining zaruriyati sifatida ko‘rib, millat va millatchilikni sun'iy ijtimoiy konstruksiyalar deb ta'riflaydi. Erik Hobsbawm esa millatchilikni siyosiy konstruksiya sifatida talqin qilib, uni tarixiy va siyosiy jarayonlarning natijasi sifatida baholaydi. Anthony D. Smith esa millatlarni tarixiy va madaniy uzluksizlik bilan izohlab, millatchilikni qadimiy etnik guruhlar asosida shakllangan hodisa sifatida ko‘radi. Ushbu maqola Gellner va Hobsbawmning modernistik yondashuvlarini taqqoslaydi, shuningdek, Smithning primordialist va perennalist yondashuvlari bilan taqqoslab, milliyatchilikning turli ijtimoiy va siyosiy kontekstlarda qanday shakllanishini aniqlaydi. Tahlil natijasida, ushbu nazariyalar bir-birini to‘ldiruvchi tarzda milliyatchilikni zamonaviy jamiyatlar va tarixiy jarayonlar bilan bog‘liq holda tushuntiradi. Maqola milliyatchilikni nafaqat siyosiy, balki madaniy va ijtimoiy hodisa sifatida chuqur tahlil qilishga qaratilgan.
Other Latest Articles
- 1925-1941 YILLARDA O‘TKAZILGAN YER-SUV ISLOHOTI, UNING OG‘IR OQIBATLARI
- ОСОБЕННОСТИ СИСТЕМЫ ОБУЧЕНИЯ УЗБЕКСКИХ ШКОЛЬНИКОВ ВОЗВРАТНЫМ ГЛАГОЛАМ НА РУССКОМ ЯЗЫКЕ
- O‘RTA MAKTAB O‘QUVCHILARINING YOZMA KO‘NIKMALARINI BAHOLASH METODLARI
- BADIIY ADABIYOT VOSITASIDA O‘QUVCHILARDA MA’NAVIY-AXLOQIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-AMALIY ASOSLARI
- BADIIY QARASHLARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI (HOFIZ XORAZMIY IJODI MISOLIDA)
Last modified: 2025-06-28 03:04:03