ADVOKAT STAJYORINING HUQUQIY MAQOMI
Journal: Oriental Reniassance: Innovative, educational, natural and social sciences (Vol.5, No. 5)Publication Date: 2025-06-26
Authors : Vapayev Karimboy Muzaffar O‘G‘Li;
Page : 479-492
Keywords : advokat; advokat stajyori; advokatlik litsenziyasi; advokat stajyorining stajirovka rahbari; advokatning kasb etikasi; benuqson obro‘-e’tibor; stajirovkadan ozod qilish.;
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida advokatura tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, advokat stajyorining huquqiy maqomi, stajirovka o‘tash hamda stajirovkaga qabul qilish tartibi, stajirovka muddati va stajirovka rahbariga qo‘yilgan talablar tahlil qilinadi. Ushbu maqolaning dolzarbligi advokatura tizimini isloh qilish, advokat maqomini olish tartibining soddalashtirilishi, stajirovka muddatining qisqartirilishi va bu jarayonning huquqiy asoslarini takomillashtirish orqali yuridik kadrlar tayyorlash sifatini oshirish zaruratining mavjudligi hisoblanadi. Muallif advokat stajyori tushunchasini xorijiy va mahalliy olimlarning ta'riflari asosida izohlaydi, bu maqolada, ayniqsa, A.N. Chashin, R.G. Melnichenko, A.V. Ragulin, M.S. Shayxullin va Y. Soloveva fikrlariga asoslangan holda advokat stajyori instituti nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada advokatura institutiga oid O‘zbekiston qonunchiligi hamda xorijiy davlatlar – Rossiya, Ukraina, Moldova, Litva, Fransiya, Armaniston kabi davlatlarning qonunchiligi tahlil qilinadi. Ularning advokat stajyori rahbariga qo‘yilgan talablari, stajirovka muddatlari va tashkil etish mexanizmlari bo‘yicha o‘rganilgan tahlillar orqali milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy jihatdan asoslangan takliflar ilgari suriladi. Mavzu doirasida xorijiy olimlarning fikrlaridan, ilmiy ishlaridan, xorijiy davlatlarning qonun hujjatlaridan maqsadli foydalanilgan va havolalar berilgan.
Other Latest Articles
- ПОТЕНЦИАЛ СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЕЙ КАК ИНСТРУМЕНТА ДЛЯ АУТЕНТИЧНОГО ИЗУЧЕНИЯ ЯЗЫКОВ
- ON THE РАTH TO ENLIGHTENMENT: THE CONTRIBUTION OF THE JАDIDS TO LАNGUАGE TEАCHING
- SAID AHMAD HAJVIY ASARLARIDA KINOYALI HAJVNING LISONIY XUSUSIYATLARI
- THEORETICAL CONSIDERATIONS ON THE FORMATION AND USE OF AUTOMOBILE TERMS IN ENGLISH
- HADIS ADABIYOTI TARAQQIYOTI VA VARROQCHILIK AN’ANASINING SHAKLLANISHI
Last modified: 2025-06-28 07:28:49