ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

Xorazm maqomlarini o‘qitishda an’anaviy va zamonaviy metodlar

Journal: Science and Education (Vol.6, No. 11)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 301-308

Keywords : Xorazm maqomlari; an’anaviy metod; zamonaviy metod; musiqa ta’limi; maqom ijrosi; boshlang‘ich maktab; interaktiv ta’lim;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Ushbu maqolada Xorazm maqomlari san’ati, uning an’anaviy shakllari va ta’lim muhitida - xususan dars jarayonida - zamonaviy metodlar bilan uyg’unlashtirib o’qitish usullari ko‘rib chiqiladi. Maqolada Xorazm maqomlarining tarixi, nazariy-ijrochilik xususiyatlari, pedagogik ta’limdagi muammolari, an’anaviy metodlar hamda zamonaviy metodlarning qo‘llanilishi haqida ilmiy manbalar asosida tahlillar keltiriladi. Xorazm musiqiy makoni o‘zining boy madaniy merosi bilan ajralib turadi. Xususan, Xorazm vohasida shakllangan maqom san’ati - xalq musiqasi bilan nazariy-ijrochilik yondashuvlarining birlashuvi - ta’lim jarayonida katta imkoniyatlar ochib beradi. Musiqa ta’limida an’anaviy metodlar bilan bir qatorda zamonaviy pedagogik va texnologik usullarni jalb qilish o‘quvchilarning musiqiy savodxonligini oshirishga, musiqaga qiziqishini uyg‘otishga xizmat qiladi.

Last modified: 2025-11-26 23:27:42