Natyurmort kompozisiyasida yo‘l qo‘yiladigan xatolar va ularning oldini olish
Journal: Science and Education (Vol.6, No. 11)Publication Date: 2025-11-25
Authors : Mohirjon Adhamjon o‘g‘li Oktabrov;
Page : 955-960
Keywords : natyurmort; kompozisiya; rang uyg‘unligi; kolorit; yorug‘-soya; ijodiy jarayon; tasviriy san’at;
Abstract
Mazkur maqolada natyurmort kompozisiyasini tuzish va uni tasvirlash jarayonidagi muhim bosqichlar tahlil qilinadi. Natyurmort ko‘pchilikka soddadek tuyulsa-da, u rassomdan yuqori darajadagi kuzatuvchanlik, ijodiy tafakkur va nazariy hamda amaliy bilimlarni talab qiladi. Maqolada talabalar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan keng tarqalgan xatolar - buyumlarni mavzuga mos tanlamaslik, rang uyg‘unligini buzish, kompozisiyani noto‘g‘ri joylashtirish kabi muammolar yoritilgan. Shuningdek, natyurmortni o‘qituvchi rahbarligida, talabalar faol ishtirokida tashkil etishning samarali usullari ko‘rsatib beriladi. Bu orqali talabalar buyum tanlash, ranglar uyg‘unligini topish, yorug‘-soya nisbatlarini aniqlash va umumiy koloritni shakllantirish ko‘nikmalarini egallaydilar. Natyurmort kompozisiyasi san’at asarining mazmuni, badiiy ifodasi va kayfiyatini belgilovchi eng muhim vosita sifatida talqin etiladi.
Other Latest Articles
- Qalamtasvir mashg‘ulotlarida kuzatuvchanlik va tafakkurni rivojlantirish
- Talabalarda ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlari
- Manzara kompozitsiyasini rangtasvir texnologiyasi asosida yaratishning badiiy ifoda vositalari
- Innovatsion pedagogik texnologiyalar yordamida tasviriy san’at darslarining samaradorligini oshirish
- Developing listening comprehension skills in the English language classroom
Last modified: 2025-11-26 23:27:42
Share Your Research, Maximize Your Social Impacts


