BMSM muassasalarida doira pedagogikasi mutaxassislarini tayyorlash tizimi
Journal: Science and Education (Vol.6, No. 12)Publication Date: 2025-12-25
Authors : Komil Buronovich Xolikov;
Page : 346-350
Keywords : doira; pedagogika; BMSM; musiqa ta’limi; milliy cholg‘u; ijrochilik; metodika; kompetensiya; ritm; an’ana;
Abstract
Mazkur ilmiy ish “BMSM muassasalarida doira pedagogikasi mutaxassislarini tayyorlash tizimi” mavzusiga bag‘ishlanib, unda bolalar musiqa va san’at maktablari sharoitida milliy cholg‘u - doira ijrochiligi bo‘yicha pedagog kadrlarni tayyorlashning nazariy-metodik asoslari keng yoritiladi. Tadqiqotda doira pedagogikasining tarixiy ildizlari, zamonaviy ta’lim talablari bilan uzviy bog‘liqligi hamda milliy musiqa merosini saqlash va rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Annotatsiyada doira pedagogi nafaqat ijrochi, balki tarbiyachi, metodist va milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi sifatida shakllanishi zarurligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari doira pedagogikasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, musiqa ta’limi mutaxassislari hamda amaliyotchi o‘qituvchilar uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Other Latest Articles
- Puflama cholg‘ularni o‘qitishda nazariy tayyorgarlikni shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari
- Umumta’lim maktablarida milliy torli cholg‘u ta’limini takomillashtirishga oid pedagogik strategiyalar bo‘yicha ilmiy izlanishlar
- O‘quvchilarda folklor qo‘shiqlari vositasida vokal-xonandalik malakalarini shakllantirishning texnologiyalarini takomillashtirish omillari
- Umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarida musiqa to‘garaklarini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari
- Musiqiy ta’lim yo‘nalishida taxsil olayotgan talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishga innovatsion yondashuv
Last modified: 2025-12-26 04:58:42
Share Your Research, Maximize Your Social Impacts


