Temperament va xarakter shakllanishida ijtimoiy omillarning roli
Journal: Science and Education (Vol.6, No. 12)Publication Date: 2025-12-25
Authors : Shuhratjon Shukurjon o‘g‘li Yoqubjanov; Ilmiy rahbar Dilafruz Oribboyeva;
Page : 727-732
Keywords : temperament; xarakter; biologik; ijtimoiy; jarayon; xulq; I.P.Pavlov; V.N.Myasishchev; individual xususiyat; xulq-atvor; oila muhitining barqarorligi; ta’lim tizimi; tarbiyaviy yondashuvlar; media; zamonaviy axborot muhiti;
Abstract
Ushbu maqolada temperamentning biologik asoslari hamda xarakter shakllanishida ijtimoiy omillarning nisbiy roli psixologiya fanining zamonaviy nazariyalari asosida tahlil qilinadi. Temperaturaning nerv tizimi xususiyatlari, genetik meros, neyrofiziologik jarayonlar bilan bog‘liqligi ta’riflanadi va uning tug‘ma, nisbatan barqaror jihatlar sifatida belgilab berilishi yoritiladi. Xarakter esa shaxsning ijtimoiy tajribasi, tarbiya, madaniy muhit, ijtimoiy munosabatlar va faoliyat jarayonida shakllanadigan barqaror xulqiy tuzilma sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada temperament va xarakter o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik, temperamentning cheklovi va yo‘naltiruvchi ta’siri, ijtimoiy omillarning esa tuzutuvchi, o‘zgartiruvchi va individuallashtiruvchi roli tanqidiy yondashuv asosida baholanadi. Shuningdek, biologik omillar bilan ijtimoiy tajriba o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning shaxs rivojlanishida qanchalik nisbatda namoyon bo‘lishi haqidagi ilmiy qarashlar qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalarida shaxsning individual psixologik tuzilmasini tushunishda deterministik yondashuvlar yetarli emasligini, temperamentning biologik bazasi bilan xarakterning ijtimoiy shakllanish jarayoni o‘zaro bog‘liq murakkab tizimni tashkil etishini ko‘rsatadi.
Other Latest Articles
- Ta’limda gender stereotiplari va ularni yengish usullari
- Markaziy Osiyo musiqa madaniyatida doyra va urma zarbli cholg‘ular: tarixiy-nazariy asoslar, ijrochilik uslublari va innovatsion nota yozuvi tizimi
- Rivojlanishda muammolari bo‘lgan ilk yoshdagi bolalarning psizologik-pedagogik xususiyatlari
- Bakalavriat yo‘nalishi talabalarida asosiy IT kompetensiyalarini shakllantirish
- Raqamli texnologiyalarni o‘qitish uchun samarali pedagogika
Last modified: 2025-12-26 04:58:42
Share Your Research, Maximize Your Social Impacts


