O‘zgaruvchilarni turlarga ajratish va ularning o‘lchov darajalari
Journal: Science and Education (Vol.6, No. 12)Publication Date: 2025-12-25
Authors : Abdulfotix Abdulfaizovich Aysachev; Farangiz Shuhriddin qizi Baxriddinova;
Page : 855-859
Keywords : ;
Abstract
Ushbu tezisning asosiy maqsadi statistik tadqiqotlarda o‘zgaruvchilarni to‘g‘ri tasniflash va ularning o‘lchov darajalari haqida chuqur tushuncha berishdir. O‘zgaruvchilar tadqiqot ob’ektlarining turli xususiyatlarini ifodalovchi belgilar bo‘lib, ularning to‘g‘ri aniqlanishi tadqiqot natijalarining ishonchliligi va statistik metodlarni to‘g‘ri qo‘llash imkoniyatini ta’minlaydi. Tezisda o‘zgaruvchilarni kategoriyaviy (nominal va ordinal) va miqdoriy (interval va nisbiy/ratio) turlarga ajratish prinsiplari keltiriladi. Shuningdek, o‘lchov darajalarining statistik tahlil jarayonida qanday ahamiyatga ega ekanligi tushuntiriladi va har bir o‘lchov darajasiga misollar bilan yondashuv ko‘rsatiladi. Tezisda olingan ma’lumotlar orqali statistik tahlilning samarali va ishonchli bo‘lishi uchun o‘zgaruvchilarni to‘g‘ri aniqlashning muhimligi ta’kidlanadi. Ushbu ish tadqiqotchilarga ma’lumotlarni to‘g‘ri tasniflash va ularni tahlil qilishda amaliy qo‘llanma vazifasini bajaradi. Kalit so‘zlar: o‘zgaruvchilar, tasnif, o‘lchov darajalari, kategoriyaviy o‘zgaruvchilar, miqdoriy o‘zgaruvchilar, nominal, ordinal, interval, nisbiy
Other Latest Articles
- Milliy iqtisodiyotda kichik biznesning o‘rni va ahamiyati
- Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari
- Buxoro viloyatida mehnat bozori dinamikasi tahlili
- Mamlakatning yalpi ichki maxsuloti bilan sof milliy daromad o‘rtasidagi bog‘liqlikning statistik tahlili (Yaponiya davlati misolida)
- Совершенствование орфографической грамотности учащихся средствами интерактивных упражнений
Last modified: 2025-12-26 04:58:42
Share Your Research, Maximize Your Social Impacts


