Doira ijrochiligi orqali yoshlarda milliy o‘zlikni anglashni shakllantirish
Journal: Science and Education (Vol.7, No. 1)Publication Date: 2026-01-25
Authors : Daniyar Kalmurat-uli Jumamuratov;
Page : 891-896
Keywords : doira; milliy o‘zlik; ijrochilik; yoshlar; milliy musiqa; meros; an’ana; tarbiya; madaniyat; pedagogika;
Abstract
Ushbu ilmiy maqolada doira ijrochiligining yoshlarda milliy o‘zlikni anglashni shakllantirishdagi pedagogik, madaniy va ma’naviy ahamiyati tahlil qilinadi. Doira o‘zbek milliy musiqa merosining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, xalqning tarixiy xotirasi, estetik qarashlari va an’anaviy qadriyatlarini mujassam etadi. Tadqiqotda doira ijrochiligini o‘qitish jarayonida milliy ongni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik metodlar, jumladan, ustoz-shogird an’anasi, folklor namunalaridan foydalanish, ansambl ijrochiligi va sahna faoliyatining o‘rni yoritilgan. Shuningdek, doira orqali yoshlarning musiqiy didi, vatanparvarlik tuyg‘usi va madaniy o‘ziga xoslikni anglash jarayoni ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Maqolada milliy musiqa ta’limi yosh avlodning ma’naviy kamolotini ta’minlovchi muhim vosita ekanligi asoslab berilgan.
Other Latest Articles
- Milliy vokal maktablarini zamonaviy pedagogik yondashuvlar va texnologiyalar asosida rivojlantirish
- Zarbli cholg‘ular pedagogikasida kasbga yo‘naltirish va motivatsiya omillari
- Oliy ta’limda milliy qo‘shiqchilik an’analarini o‘qitishda raqamli platformalardan foydalanish nazariyasi
- Xalq qo‘shiqlarini o‘rgatishda lingvokulturologik yondashuv
- Milliy vokal merosini xalqaro ta’lim maydonida targ‘ib qilish strategiyalari
Last modified: 2026-01-25 12:21:45
Share Your Research, Maximize Your Social Impacts


