Rangtasvir darslarida talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini rivojlantirishda master-klass metodining tutgan o‘rni
Journal: Science and Education (Vol.7, No. 1)Publication Date: 2026-01-25
Authors : Mohirjon Adhamjon-o‘g‘li Oktyabrov;
Page : 999-1004
Keywords : rangtasvir; tasviriy san’at; master-klass; mustaqil ijodiy faoliyat; badiiy tafakkur; amaliy mashg‘ulot; rang uyg‘unligi; kompozitsiya; kuzatuvchanlik; tasvirlash jarayoni; o‘quvchi faoliyati; pedagogik usul;
Abstract
Ushbu maqolada rangtasvir darslarida talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini rivojlantirishda master-klass metodining o‘rni yoritilgan. Master-klassning ta’lim jarayonidagi vazifalari, uning talabalarda amaliy ko‘nikma, kuzatuvchanlik, badiiy tafakkur va o‘z ishiga tanqidiy yondashuvni shakllantirishdagi ahamiyati tahlil etilgan. Shuningdek, mazkur metod orqali rang, shakl, yorug‘lik, kompozitsion yechim kabi tasviriy san’at unsurlarini o‘rgatishning samarali jihatlari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, master-klass mashg‘ulotlari talabaning ijodiy izlanishga bo‘lgan qiziqishini oshirishi, mustaqil ishlarni tashkil etish jarayonini yengillashtirishi va o‘ziga xos badiiy tajriba orttirishiga xizmat qilishi aniqlangan. Maqola mazmuni rangtasvir fanini o‘qitishda amaliy mashg‘ulotlar sifatini oshirish hamda talabalarning mustaqil ijodiy rivojlanishini ta’minlash uchun muhim ilmiy-pedagogik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Other Latest Articles
- Badiiy muhitni shakllantirishda tasviriy va amaliy san’at hamda dizaynning jamoat makonidagi o‘rni
- Kelajak o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida sun’iy intellektdan samarali foydalanish ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida
- Цифровые педагогические средства как фактор социальной и образовательной инклюзии детей с нарушениями слуха в начальной школе
- Emotsiyalar va affektlarning inson xulq-atvoridagi roli
- Diqqatning psixologik xususiyatlari va uni boshqarishning zamonaviy metodlari
Last modified: 2026-01-25 12:21:45
Share Your Research, Maximize Your Social Impacts


