ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

Musiqa ta’limida skripkachilarning chap va o‘ng qo‘l koordinatsiyasini shakllantirishda interfaol metodlarning samaradorligi

Journal: Science and Education (Vol.7, No. 2)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 128-133

Keywords : skripka; musiqa ta’limi; koordinatsiya; interfaol metodlar; texnika; ijrochilik; chap qo‘l; o‘ng qo‘l; pedagogika; refleksiya;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada musiqa ta’limi jarayonida skripkachilarning chap va o‘ng qo‘l koordinatsiyasini shakllantirishda interfaol metodlarning samaradorligi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Skripka ijrochiligida qo‘l harakatlarining muvofiqligi texnik aniqlik, intonatsiya barqarorligi va musiqiy ifodaviylikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Maqolada an’anaviy o‘qitish usullari bilan interfaol metodlarning qiyosiy tahlili olib borilib, savol-javob, muammoli ta’lim, ijodiy mashqlar, guruhli va refleksiv faoliyat shakllarining ijrochilik texnikasiga ta’siri yoritiladi. Tadqiqot jarayonida interfaol metodlarning o‘quvchi faolligini oshirishi, mustaqil fikrlashni rivojlantirishi va qo‘l koordinatsiyasini ongli ravishda shakllantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari musiqa ta’limi muassasalarida skripka darslarini takomillashtirish uchun amaliy ahamiyatga ega.

Last modified: 2026-02-24 10:36:19