ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

BUXORO SHAHRIDA ZAMONAVIY IQTISODIY INFRATUZILMALARNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Journal: Oriental Reniassance: Innovative, educational, natural and social sciences (Vol.1, No. 4)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 1189-1196

Keywords : trikotaj; pillakashlik; bozor iqtisodiyoti; zamonaviy texnologiya; Klimsk mashinasozlik zavodi; jinsi matosi; infrastruktura; islohot; xalq iste’mol mollari; Buxoro paxta to‘qimachiligi.;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy Buxoro shahrida iqtisodiy infratuzilmaning rivojlanish masalalari, sovet davrida tashkil etilgan va faoliyat ko‘rsatgan sanoat korxonalarining taqdiri, mustamlakachilik siyosati sanoat korxonalarida ham namoyon bo‘lganligi haqida fikrlar bildirilgan. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng iqtisodiy infratuzmalardagi muammolarning vujudga kelishi, birin-ketin yirik sanoat korxonalarining faoliyati to‘xtatilishiga sabab bo‘ldi. Dastlabki yillardagi iqtisodiy tanglik, xususiylashtirishni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, xorijiy investorlarni jalb qilishdagi muammolar iqtisodiyotni rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatdi. Shahardagi mavjud korxonalar, jumladan 8 ta yengil sanoat korxonasi, 2 ta poyafzal va 4 ta tikuvchilik fabrikasi, Buxoro konserva zavodi, un kombinati, Buxoro to‘qimachilik kombinati kabilarda qoloq texnologiya ta'minoti bu korxonalarning bankrot holatiga olib keldi. 80 yillarning oxirida Buxoro shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida Buxoro Paxta tozalash zavodi va yog‘ekstratsiya zavodi shahar tashqarisiga chiqarilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, lekin bu qarorning amalda oshirilishi 2000 yillarga to‘g‘ri keldi. Bugungi kunda Buxoro shahri sanoat infratuzilmasining rivojlanishi va xususiy korxonalarning ko‘payishi Buxoro shahar iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir qilmoqda. 2020 yil davomida pandemiya oqibatlariga qaramasdan, Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan yaratilgan imkoniyatlar va qulay sharoit yengilliklar tufayli Buxoro shahar mahalliy byudjetining qo‘shimcha daromadlari 1 395 mln. so‘mni tashkil etdi.

Last modified: 2021-06-11 04:12:27