Atoiy va o‘zbek adabiy tili
Journal: Science and Education (Vol.6, No. 6)Publication Date: 2025-06-22
Authors : Yoqub Siddiqovich Saidov;
Page : 892-896
Keywords : ;
Abstract
Ushbu ishda XIV asrning yirik shoirlaridan biri - Atoiy ijodi va uning o‘zbek adabiy tili taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Atoiy Muhammad Xorazmiy, Lutfiy, Sakkokiy singari adiblar bilan bir davrda yashagan va o‘zbek tilida ijod qilgan ilk shoirlardan sanaladi. Uning asarlarida qadimgi turkiy tilning fonetik, leksik va grammatik jihatlari, shuningdek, fors-tojik adabiy an'analarining ta’siri yaqqol ko‘zga tashlanadi. Atoiy she’riyati orqali o‘zbek adabiy tilining shakllanish bosqichlari, ayniqsa fonetik me’yorlar, poetik leksika va stilistik vositalarning taraqqiyoti o‘rganiladi. Shuningdek, ishda Atoiy asarlarining tili va uslubining keyingi adabiy avlodlarga ta’siri ham ko‘rib chiqiladi. Uning til me’yorlarini mustahkamlashdagi hissasi, xalq tiliga yaqinlik darajasi va adabiy uslubda yangiliklar kiritganligi alohida baholanadi. Mazkur mavzu doirasida Atoiy ijodi misolida o‘zbek adabiy tilining tarixiy ildizlari, o‘ziga xosliklari va taraqqiyot yo‘nalishlari ochib beriladi. Kalit so‘zllar: uslub, lug‘aviy tarkib, qadimgi turkiy so‘zlar, ma’nodosh so‘zlar, adabiy til vositalari, lingvopoetika
Other Latest Articles
- Sinxron va diaxron korpuslarning farqli xususiyatlari
- Milliy brendlar va go‘zallik sanoatining rivojlanishida tabiiy kosmetika mahsulotlarining o‘rni
- Davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlarining fond bozoridagi ishtirok etishining nazariy asoslari
- The importance of green procurement in the financial activities of enterprises
- Sanoatni rivojlantirish modeli orqali qishloq joylarini rivojlantirishning mohiyati va ahamiyati
Last modified: 2025-06-22 22:52:36