Musiqa va san’at maktablarida dutor cholg‘usi ijrochiligi kreativligini takomillashtirish metodlari (cholg‘u ijrochiligi turlari misolida)
Journal: Science and Education (Vol.6, No. 10)Publication Date: 2025-10-25
Authors : Sitora Bahriddin qizi Sunnatova;
Page : 532-543
Keywords : dutor ijrochiligi; kreativlik; musiqa va san’at maktablari; ijodiy fikrlash; improvizatsiya; badiiy talqin; milliy cholg‘u asboblari; ijro mahorati; pedagogik metodlar; ijodiy qobiliyatlar; individual uslub; musiqa pedagogikasi; innovatsion metodlar; o‘qu;
Abstract
Ushbu maqolada musiqa va san’at maktablarida dutor cholg‘usi ijrochiligi kreativligini rivojlantirish va takomillashtirish metodlari tahlil qilingan. Tadqiqotda dutorning milliy cholg‘u asbobi sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari, ijro texnikasi va badiiy-estetik imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish, improvizatsiya qobiliyatini shakllantirish, badiiy talqin mahoratini oshirish va shaxsiy ijro uslubini yaratish masalalari o‘rganilgan. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar - kreativ texnologiyalar, interaktiv metodlar, individual ta’lim yo‘nalishlari va innovatsion o‘qitish usullarining qo‘llanilishi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kreativlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan maxsus metodlar - improvizatsiya mashqlari, ijodiy topshiriqlar, badiiy talqin usullari va psixologik yondashuv - o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini yanada chuqurlashtirishga, ijro mahoratini oshirishga va individual ijodiy yondashuvni shakllantirishga yordam beradi. Shuningdek, maqolada o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va kreativ muhit yaratish masalalari ko‘rib chiqilgan. Dutor ijrochiligi kreativligini takomillashtirish milliy musiqa san’atini rivojlantirish va yosh iste’dodli ijrochilar tarbiyalashning muhim yo‘nalishi ekanligi asoslab berilgan.
Other Latest Articles
- Buxoro shashmaqomining ilmiy falsafiy asoslari
- Fargona-Toshkent musiqa uslubi
- O‘quvchilarning fanlararo tafakkurini rivojlantirishda dasturiy ta’minotning roli
- Fortepiano mashg‘ulotlarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim yondashuvini tatbiq etish
- Fortepiano ijrochiligida badiiy tafakkurni shakllantirishning metodologik asoslari
Last modified: 2025-10-26 00:52:02
Share Your Research, Maximize Your Social Impacts


