Bolalarda nafas tizimi kasalliklarining yondosh kasalliklar fonida kechish xususiyatlari: klinik-epidemiologik tahlil
Journal: Science and Education (Vol.7, No. 1)Publication Date: 2026-01-25
Authors : Lobar Qahramon-qizi Ro‘zmetova; Inobat Sapabayevna Sharipova;
Page : 64-71
Keywords : nafas yo‘llari kasalliklari; bolalar; yondosh kasalliklar; bronxiolit; pnevmoniya; tug‘ma yurak nuqsonlari; bronxial astma; RSV infeksiyasi; klinik epidemiologiya;
Abstract
Maqolada bolalarda nafas tizimi kasalliklarining yondosh kasalliklar fonida kechish xususiyatlari, klinik ko‘rinishi va davolash samaradorligi tahlil qilindi. Tadqiqot obyekti O‘zbekiston Respublikasida 0-18 yosh oralig‘idagi o‘tkir nafas yo‘llari infeksiyalari bilan kasallangan bolalar va ularning yondosh kasalliklari hisoblanadi. 2020-2024 yillar davomida olib borilgan xalqaro adabiyotlar tahlili yondosh kasalliklarning nafas tizimi infeksiyalari kechishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, shifoxonaga yotqizilgan bolalarning 26%da kamida bitta yondosh kasallik mavjud bo‘lib, eng keng tarqalganlari bronxial astma (42,57%), neyropatiyalar (21,24%), tug‘ma yurak nuqsonlari (12,73%) hisoblanadi. Tug‘ma yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalarda RSV infeksiyasining o‘lim darajasi sog‘lom bolalarga nisbatan 80 barobar yuqori (1,6% va 0,02%). Ilmiy yangilik sifatida yondosh kasalliklar bo‘lgan bolalarda nafas yo‘llari infeksiyalarini boshqarishning 5 bosqichli differensial yondashuvi taklif etildi: erta aniqlash, multidistsiplinar baholash, individual davolash rejasi, profilaktika kuchaytirish, uzoq muddatli monitoring.
Other Latest Articles
- Qoqigul va tog‘rayhon o‘simliklarining shifobaxshlik xususiyatlari
- Mevali o‘simliklar anor va bodomning shifobaxsh xususiyatlari va madaniy ahamiyati
- Frontal tishlarni dioksid sirkoniy asosidagi ko‘priksimon protezlar bilan protezlaganda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining xususiyatlarini tahlil qilish
- Birlamchi oshqozon limfomasida klinikopatologik korrelyatsiya
- Гемофилия билан оғриган беморларда операция вақтида ўткир қон йўқотишнинг периферик эритрон боғланиши параметрларига таъсири
Last modified: 2026-01-25 12:21:45
Share Your Research, Maximize Your Social Impacts


