ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

Musiqa terapiyasining inson ruhiy salomatligida stressni bartaraf etishdagi nazariy asoslarini chuqur o‘rganish yo‘nalishlari

Journal: Science and Education (Vol.7, No. 1)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 184-192

Keywords : musiqa terapiyasi; stress; ruhiy salomatlik; neyrofiziologiya; kortizol; serotonin; psixoterapiya; relaksatsiya; tashvish; depressiya;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Ushbu maqolada musiqa terapiyasining zamonavir ruhiy salomatlik tizimida stressni kamaytirish va bartaraf etishdagi nazariy asoslari hamda amaliy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqotda musiqa terapiyasining psixologik, neyrofiziologik va bioximyaviy mexanizmlari, uning turli usullari va stress holatlaridagi samaradorligi ilmiy manbalar asosida o‘rganilgan. Musiqa terapiyasining passiv va aktiv shakllari, ularning stress, tashvish va depressiya belgilarini kamaytirishdagi ta’siri ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalarida musiqa terapiyasining kortizol darajasini pasaytirishi, serotonin va dopamin ishlab chiqarishni oshirishi, yurak urish tezligini normallashtirishi isbotlangan. Maqolada ruhiy salomatlikni mustahkamlashda musiqa terapiyasining an’anaviy va zamonaviy yondashuvlari, hamda kelajakdagi rivojlanish istiqbollari taqdim etilgan. Musiqa terapiyasining kompleks davolash dasturlaridagi o‘rni va ahamiyati asoslangan.

Last modified: 2026-01-25 12:21:45