ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

Yuqori sinf o‘quvchilarining grafik savodxonligini maket tayyorlash orqali oshirishning amaliy ahamiyati

Journal: Science and Education (Vol.7, No. 2)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 336-343

Keywords : grafik savodxonlik; maket tayyorlash; fazoviy tafakkur; konstruktiv fikrlash; loyihaviy o‘qitish; vizual idrok; grafik kompetensiya; fanlararo integratsiya; texnik ijodkorlik; chizmachilik metodikasi;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Mazkur maqolada yuqori sinf o‘quvchilarining grafik savodxonligini maket tayyorlash jarayoni orqali rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Grafik savodxonlik tushunchasining mazmun-mohiyati, uning fazoviy tafakkur, konstruktiv fikrlash va ijodiy kompetensiyalar bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilingan. Maket tayyorlash faoliyatining didaktik imkoniyatlari, loyihaviy yondashuv asosida tashkil etilishi, fanlararo integratsiya jarayonidagi o‘rni hamda o‘quvchilarning kasbiy yo‘naltirilishiga ta’siri ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, maket yaratish jarayonida grafik chizma va hajmiy model o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, refleksiv tahlil va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish mexanizmlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari maket tayyorlash metodikasining yuqori sinf o‘quvchilarida grafik tafakkur va vizual madaniyatni rivojlantirishda samarali pedagogik vosita ekanligini ko‘rsatadi.

Last modified: 2026-02-24 10:36:19