INGLIZ, FRANSUZ VA OʻZBEK SHE’RIYATINI TARJIMA QILISHDA QOʻLLANILADIGAN TRANSFORMATSIYALAR
Journal: Oriental Art and Culture (Vol.1, No. 5)Publication Date: 2020-12-25
Authors : Raufov Miraziz. Toshmatov Oybek;
Page : 166-174
Keywords : she’riyat; tarjima; transformatsiya; ritm; qofiya; ohangdoshlik; ingliz sh’eriyati; fransuz she’riyati; o’zbek she’riyati; leksik qo’shish;
Abstract
Oʻzbek tiliga tarjima qilingan koʻpchilik asarlar bilvosita (koʻpincha rus tili orqali) tarjima qilingan. Bunda asliyatdagi ma'no va mazmun yoʻqolish ehtimoli mavjud. Bugungi kunda she'riyat tarjimasi va unda uchraydigan elementlar : qofiya, radif, raviy, turoqlar, hojib va boshqa unsurlarni tarjima tiliga oʻtkazish juda ham qiyin masala hisoblanadi. Ularni tarjima jarayonida qanday berish kerakligi, asliyatdagi qofiya, ma'no va mazmunni qanday saqlash kerakligi juda ham muammoli vaziyatni yuzaga keltiradi. Masalan, milliylikka xos soʻzlar kelib qolganida qanday qilib uni she'riy tarjimada aks ettirish tarjimonni biroz chuqur oʻyga toldiradi. Shuningdek, tanlangan mavzuning dolzarbligi, bir tomondan, tarjima qilinayotgan tilning, xususan, u tilda yaratilayotgan turli badiiy asarlarning ijtimoiy hayotimizga kirib kelishi, axborot almashinuvida tutgan oʻrni, fan va taxnika, adabiyot va san'at rivojidagi salmoqli hissasi bilan belgilansa, ikkinchi tomondan esa oʻzbek tilining mavjud imkoniyatlarini ishga solish, bu asosda toʻgʻridan toʻgʻri asl nusxadan tarjimani amalga oshirish va vositachi til xizmati harakatini oʻzbek tili doirasida minimal darajaga tushirish, vazn, qofiya, ritm, turoq, raviy va hokazolarni ta'minlanishini yuzaga kelishi bilan izohlanadi.
Other Latest Articles
- THE CROSSCULTURAL ANALYSES OF UZBEK, ENGLISH AND GERMAN PROVERBS
- M.KOSHG‘ARIYNING “DEVONU LUG‘OTIT TURK” ASARIDA KELTIRILGAN BA’ZI GASTRONOMIK BIRLIKLAR HAQIDA
- TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN DARS JARAYONIDA FOYDALANISH
- ONA TILI DARSLARIDA TA’LIMIY O‘YINLARNI TASHKILLASHTIRISH VA ULARDAN FOYDALANISH MOHIYATI
- Ushbu maqolada zoomorfizmlar va ularning uslubiy xususiyatlari o’zbek xalq dostonlari misolida tahlil qilingan va yoritib berilgan
Last modified: 2021-09-08 19:11:01