ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

Eski o‘zbek adabiy tili manbalari va ularning til xususiyatlari

Journal: Science and Education (Vol.6, No. 6)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 897-900

Keywords : etnik birlik; etnonim; turkiy til; jonli so‘zlashuv tili; lahjaviy xususiyatlar; adabiy til; badiiy uslub;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Ushbu ishda eski o‘zbek adabiy tili davriga oid muhim yozma manbalar, ularning tarixiy, madaniy va tilshunoslik nuqtayi nazaridan ahamiyati o‘rganiladi. Asosan XIV-XVI asrlarda yaratilgan adabiy asarlar, tarixiy hujjatlar, diniy-ta’limiy risolalar va tarjimalar eski o‘zbek adabiy tilining boy va murakkab tuzilmasini aks ettiradi. Ishda ushbu manbalar - Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, Darvesh Ali Changi, Xondamir, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi adib va tarixchilarning asarlari asosiy o‘rinda tahlil qilinadi. Manbalarning fonetik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlari yoritiladi, ularning turkiy asosda shakllanganligi, biroq fors-tojik va arab tillaridan kirib kelgan unsurlar bilan boyiganligi ta’kidlanadi. Ishda shuningdek, yozma manbalardagi stilistik vositalar, so‘z boyligi va uslubiy shakllanish jarayoni ham ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi.

Last modified: 2025-06-22 22:52:36